Joriy yilning 5 dekabr kuni Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Von Do Yon hamda «O‘zbekiston texnologik metallar kombinati» AJ boshqaruv raisi Farhod Abdullayev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Unda Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda istiqbolli loyihalarga sarmoya kiritish, metallurgiya, nanotexnologiyalar va yangi materiallar sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, texnologik metallarni yetkazib berish, ilmiy-tadqiqot va konchilik faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida delegasiya vakillari O‘zbek-Koreya nodir metallar markazida ham bo‘lib, u yerdagi mavjud zamonaviy texnikalar bilan tanishishdi.