Ukraina ommaviy axborot vositalari KXDR armiyasi askarining Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan asirga olingani haqidagi kadrlarni e’lon qilmoqda.
Videoda 20 yanvar kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy namoyish etgan so‘roqqa olingan koreyalik tasvirlangan.
Zelenskiyning aniqlik kiritishicha, KXDR askarlaridan ularning Rossiya hududiga ko‘chirilishi, mashg‘ulotlari va to‘liq axborot izolyasiyasi haqida razvedka ma’lumotlari so‘ralgan, bu asirlarning so‘zlari bilan tasdiqlangan.
So‘roq paytida asir Ukrainaga qarshi urushishini bilmasligini, bu mamlakat haqida hech narsa bilmasligini, Janubiy Koreya haqida esa "u yerda KXDRga qaraganda tog‘lar kamroq"ligini bilishini aytdi.