Noma’lum shaxslar Moskvaning Kastanayevskaya ko‘chasi hududida otishma uyushtirdi. Xavfsizlik kuchlariga yaqin bo‘lgan Baza kanali xabar berishicha, otishmadan so‘ng ikki noma’lum shaxs erkakni raqamsiz qora Mersedesga o‘tqazib, jo‘nab ketgan. TASS agentligi ham noma’lum shaxslar raqamsiz avtomobilda qochib ketganini ma’lum qildi.
Voqea sodir bo‘lgan hududda va qo‘shni tumanlarda "Ushlash" rejasi joriy etildi.
***
Moskva g‘arbidagi otishma ijaraga olingan mashina tufayli sodir bo‘lgan, deb xabar qilmoqda REN TV o‘z manbalariga asoslanib. Erkak avtomobilni ijaraga olgan, ammo u nosoz bo‘lib chiqqan.
Mashina egalari uning oldiga kelib, ijara haqini to‘lashni talab qilganida, erkak rad etgan va otishma boshlanib, natijada uni noma’lum tomonga olib ketishgan.
Rossiya Tergov qo‘mitasi odam o‘g‘irlash bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi.