Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan boj undirilishi mumkin

Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan boj undirilishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasining “Adolatli Rossiya – haqiqat uchun” fraksiyasi deputatlari migrantlarning pul o‘tkazmalariga davlat boji joriy etishni taklif etuvchi qonun loyihasi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda partiya rahbari Sergey Mironov ma’lum qilmoqda.

"Migrantlarning pul o‘tkazmalari uchun davlat bojini joriy qilish kerak... Agar biz 3 foizlik boj joriy qilsak, g‘aznaga faqat ikki davlat – Qirg‘iziston va O‘zbekistonning o‘tkazmalari o‘zidan 45 milliard rubldan ortiq mablag‘ tushadi. Nahotki, bizga shu miqdordagi pul kerak bo‘lmasa?! Biz qonunchilik tashabbusini tayyorlab, uni Davlat Dumasiga taqdim etamiz”, — deya yozadi deputat o‘zining Telegram kanalida.

Kiritildi: 16:55 04.02.2025. O'qildi: 1803 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!