3 fevral kuni tushdan keyin Dushanbedan 24 km uzoqlikda joylashgan Vahdat shahridagi qamoqxonada bir guruh mahbuslar odamlarni garovga olib, qochishga urindi.
Bu haqda Tojikiston Adliya vazirligi jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasi rasmiy bayonotida ma’lum qilingan.
"2025 yil 3 fevral kuni soat 15:44 da Tojikiston Adliya vazirligi Jinoiy jazolarni ijro etish bosh boshqarmasi (JJIEBB)ning 3/2-sonli Jazoni ijro etish muassasasidagi 9 nafar mahbusdan iborat guruh qo‘lbola qurollardan foydalanib, jazoni ijro etish muassasasining mas’ul xodimlari - qo‘riqchilarga o‘ldirishga qaratilgan hujum uyushtirdi," - deyiladi xabarda.
"Mahbuslar muassasa ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmay, qo‘lbola o‘tkir va sanchiladigan temir pichoqlardan foydalanib, hech qanday shikoyat va shartlarsiz jinoiy harakatlarini davom ettirdilar, muassasa qo‘riqchilarini o‘ldirishga va qochib ketishga urindilar," - deyiladi JIBB xabarida.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hujum natijasida qamoqxonaning uch nafar xodimi og‘ir tan jarohati olgan, uch nafar mahbus hokimiyatning javob harakatlari natijasida halok bo‘lgan, qolganlari esa qamoqqa olingan. Shu bilan birga, Reuters agentligi Tojikiston huquqni muhofaza qilish idorasidagi manbaga tayanib, koloniyada qo‘zg‘olonni bostirishda besh nafar mahbus o‘ldirilgani haqida yozmoqda va ularning ISHID guruhi a’zolari bo‘lganini ta’kidlamoqda.
Isyon ko‘targan mahbuslarni zararsizlantirish uchun maxsus kuchlardan foydalanilgan. "Muassasani qo‘riqlash va himoya qilish tizimi to‘liq tiklandi," - deya ta’kidlanadi JIBB xabarida.