Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

«Bu yaxshi emas» — Tramp Isroil hududining kichikligi haqida

A A A
«Bu yaxshi emas» — Tramp Isroil hududining kichikligi haqida

AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Isroil va butun Yaqin Sharq hududlari kattaligidagi juda sezilarli farq noto‘g‘ri.

Tramp jurnalistning Qo‘shma Shtatlar Isroil tomonidan Falastin milliy ma’muriyati joylashgan Iordan daryosining G‘arbiy sohili bosib olinishini qo‘llab-quvvatlaydimi degan savoliga javob berdi.

«[Isroil], albatta, hududan kichik, kichkina mamlakat. Mana bu ruchkani ko‘ryapsizmi? Mening stolim — Yaqin Sharq, bu ruchka, uning uchi — Isroil. Bu yaxshi emas, shunday emasmi? Bilasizmi, bu juda katta farq», — dedi Tramp Oq uyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Kiritildi: 15:12 04.02.2025. O'qildi: 3677 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!