Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tolibondan Trampga javob qaytarildi

Tolibondan Trampga javob qaytarildi

Afg‘oniston Trampning qurollarni qaytarish talabiga javob berdi.

Afg‘onistondagi Islom Amirligi (Tolibon) matbuot kotibi Mulla Muhammad Idris Anuriy AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning Amerika qo‘shinlari tashlab ketgan qurollarni qaytarish haqidagi talabiga javob qaytardi.

Anuriyning ta’kidlashicha, AQSh agar bu qurollarni qaytara olish imkoniyatiga ega bo‘lganida, ularni ortda qoldirmagan bo‘lar edi.

"Agar shunday qila olsangiz, bu qurollarni bizga qoldirmagan bo‘lar edingiz", – dedi Tolibon vakili.

Tramp avvalroq Bayden ma’muriyatini Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish jarayonida "strategik xatoga" yo‘l qo‘yganlikda ayblab, Tolibonga katta miqdordagi harbiy texnika va qurol-yarog‘ qoldirganini tanqid qilgan edi. U Afg‘onistonda qoldirilgan qurollarni yo‘q qilish yoki qaytarib olish kerakligini aytgan.

Tolibon rasmiysi AQSh Afg‘onistondan sharmanda bo‘lib chiqib ketganini, qoldirilgan qurollar esa “urush o‘ljasi” sifatida tortib olinganini ta’kidladi.

AQSh qo‘shinlari Afg‘onistondan chiqib ketganidan keyin minglab birlik zamonaviy qurol-yarog‘, zirhli texnikalar va havo hujumlarini yo‘q qilish tizimlari Tolibon qo‘liga tushgani haqida xabarlar tarqalgan. Vashington bu haqda rasmiy izoh bermagan.

Kiritildi: 21:46 04.02.2025. O'qildi: 2573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!