Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va Suriya o‘tish davri hukumati prezidenti Ahmad ash-Shara muzokaralar o‘tkazib, qo‘shma matbuot anjumanida nutq so‘zlashdi.
Erdo‘g‘on Suriya xalqi 13 yillik mojaroda kimyoviy qurol qo‘llanishi kabi ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tganini ta’kidlab, Turkiya "suriyalik birodarlar"ni qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishini aytdi. U ash-Sharaning tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikning yangi davrini boshlanishi ekanligini va xavfsizlik hamda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha mumkin bo‘lgan qo‘shma qadamlarni muhokama qilganini bildirdi.
Shuningdek, Turkiya rahbari Anqara har doim Suriyaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlab kelganini va terrorizmga qarshi kurashni, jumladan, mamlakat shimoli-sharqida davom ettirishga tayyor ekanligini ta’kidladi. U Suriyadan sanksiyalarni olib tashlash muhimligini va Turkiya vayron bo‘lgan shaharlarni tiklashni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ham aytib o‘tdi.
O‘z navbatida, Ahmad ash-Shara Turkiyaga Suriya xalqini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi hamda ikki mamlakat ham Suriyaning shimoli-sharqidagi vaziyatdan tashvishda ekanligini va mintaqaviy xavfsizlik masalalarida hamfikr ekanligini ta’kidladi. U Turkiya bilan savdo aloqalarini rivojlantirish muhimligini ta’kidlab, Isroilga 1967 yilgi chegaralarga qaytishi uchun bosim o‘tkazish kerak, dedi.