Bugun 2 fevral, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, "Do‘stlik ordeni" sohibasi, ustoz san’atkor, betakror ovoz sohibasi, yetuk aktrisa hamda mahoratli pedagog Xalilova Oygul Temirovna bu yorug‘ olamni tark etdi. Bu haqda Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri matbuot xizmati xabar berdi

Oygul Xalilova sermazmun mehnat faoliyati davomida 2001 yilda "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist" faxriy unvoni;

2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20 yillik esdalik ko‘krak nishoni;

2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi "Do‘stlik" ordeni;

2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yillik esdalik ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan.

"Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri jamoasi marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi" - deyiladi teatr bayonotida.

Kiritildi: 18:01 01.02.2025. O'qildi: 1655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!