Prezident Shavkat Mirziyoyev turkiy davlatlar yoshlari uchun har yili 200 ta ta’lim granti ajratilishini ma’lum qilib, qardosh mamlakatlar yoshlarini bu imkoniyatdan unumli foydalanishga chaqirdi.
Davlat rahbari texnologik taraqqiyotning asosi inson kapitali, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega yosh avlod ekanini ta’kidlab, yoshlar ta’limiga kiritilgan sarmoya uzoq muddatli hamkorlikning mustahkam poydevori bo‘lishini qayd etdi.
Ma’lumot uchun, ayni paytda “Yangi O‘zbekiston” stipendiyasi doirasida 500 nafar xorijiy talabaga grant asosida tahsil olish imkoniyati yaratilgan.