Prezidentning 2026 yil 28 oktyabrdagi PF–236-son farmoniga muvofiq, 2026/2027 yilgi isitish mavsumida ayrim ehtiyojmand oilalarga noyabr oyida 1 million so‘mdan moddiy yordam ajratiladi.
Yordam quyidagilarga beriladi:
➖ ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalarga;
➖ reestrga kiritilmagan, ammo «mahalla yettiligi» xulosasi asosida ehtiyojmand deb topilgan oilalarga;
➖ jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi belgilangan mezonlardan oshmaydigan, markazlashtirilgan isitish tizimiga ulangan ko‘p qavatli uylarda yashovchi ayrim oilalarga;
➖ yolg‘iz yashovchi va o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga;
➖ yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga.
Shuningdek, barqaror ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha tuman yoki shahar shtablari qarori asosida ayrim boshqa ehtiyojmand oilalar ham yordam olishi mumkin.