Bugun 30 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Putin Rossiyaning Yevropa bilan urushga tayyorligini bildirdi

Putin Rossiyaning Yevropa bilan urushga tayyorligini bildirdi

Vladimir Putin Moskva Yevropa bilan ehtimoliy urushga tayyorligini, biroq qurolli mojaroga intilmayotganini ma’lum qildi. U bu haqda Moskvada o‘tgan «Rossiya — Afrika» sammitidan keyingi matbuot anjumanida Yevropa siyosatchilarining 2030 yilga borib Rossiya bilan urush kelib chiqishi mumkinligi haqidagi ogohlantirishlariga munosabat bildirayotib aytib o‘tdi.

«Birinchidan, biz tayyormiz. Ammo Yevropa bilan urushni xohlamaymiz. Agar kimdir buni xohlasa, marhamat, tayyorlansin», — dedi Putin.

Uning ta’kidlashicha, G‘arb Rossiyaga strategik mag‘lubiyat yetkaza olmadi va 2030 yilgacha ham buning uddasidan chiqishi dargumon. «Agar ish juda uzoqqa borib yetsa, g‘oliblarning o‘zi bo‘lmaydi. Hech kim buni yoddan chiqarmasligi kerak», — deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan tashqari, Putin Yevropa mamlakatlari neft sanksiyalarini chetlab o‘tishda foydalanilayotgan Rossiyaning «soyadagi floti»ga qarshi choralarni kuchaytirayotgan Baltiq dengizida vaziyat keskinlashishi mumkinligidan ogohlantirdi. U voqealarning ehtimoliy rivojini Eron bilan urush sababli kemalar harakati izdan chiqqan Hormuz bo‘g‘izidagi vaziyatga qiyosladi.

«Kimdir Baltikada ham Fors ko‘rfazi yoki Hormuz bo‘g‘izidagidek vaziyat yuzaga kelishini xohlayaptimi? Biz buni xohlamaymiz, lekin har qanday chaqiriqqa javob qaytaramiz», — dedi Rossiya prezidenti.

Ushbu bayonotlar Putinning Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb va Norvegiya Bosh vaziri Yonas Gar Styore bilan telefon orqali muloqotidan ikki kun o‘tib yangradi. BILD ma’lumotlariga ko‘ra, suhbat bir yarim soatga yaqin davom etgan va unda Ukrainadagi urush, Shimoliy Yevropa xavfsizligi hamda Rossiya va G‘arb o‘rtasidagi munosabatlar muhokama qilingan.

Kiritildi: Bugun 16:22. O'qildi: 816 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!