Avvalroq Binance kriptobirjasi hakerlar hujumidan 6,3 mlrd dollar zarar ko‘rgani haqida xabar berilgandi.
Kriptovalyuta tranzaksiyalarini kuzatuvchi tahlilchilar ushbu hujumni Shimoliy Koreyaning Lazarus guruhiga tegishli TraderTraitor bo‘linmasi bilan bog‘lashdi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, hakerlar Binance kompaniyasining DevOps muhandisi noutbuki orqali birjaning ichki tizimlariga sizib kirgan va noqonuniy operasiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lgan. Kriptobirja hujumga uchragan mablag‘larning qariyb 3 milliard dollarini muzlatishga ulgargan, qolganlari butunlay yo‘qotilgan.