Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Aliyev Erdo‘g‘anning taklifiga qaramay, Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga bormadi

Aliyev Erdo‘g‘anning taklifiga qaramay, Turkiy davlatlar tashkiloti sammitiga bormadi


Ozarboyjon hukumati xabariga ko‘ra, prezident Ilhom Aliyev tig‘iz ish jadvali munosabati bilan Turkiya davlatida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etmaydi.

"30 oktyabr kuni Bokuda FIFA U-15 Jahon chempionatining final o‘yini va rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbarining taqdirlash marosimida ishtirok etishi avvaldan rejalashtirilgan edi", deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Ozarboyjon nomidan mamlakat tashqi ishlar vaziri Jayhun Bayramov ishtirok etadi. Ozarboyjon vakillari sammit doirasidagi boshqa tadbirlarda ham faol qatnashadi.

So‘nggi vaqtlarda Boku va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarda muayyan sovuqlik kuzatilmoqda. Ozarboyjon Vazirlar Mahkamasi sentyabr oyida davlat maktablari o‘quvchilarining tashqi ko‘rinishini tartibga soluvchi qoidalarga o‘zgartirishlar kiritdi. Yangi qoidalar o‘quvchilarga yagona forma standartini buzadigan yoki ta’limning dunyoviy xususiyatiga mos kelmaydigan kiyim elementlarini kiyishni taqiqlaydi.

Ushbu qarorga javoban Erdo‘g‘anning “Adolat va taraqqiyot” partiyasi bir qator vakillari Ozarboyjon hukumatiga keskin bayonotlar bilan chiqdi va ushbu qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.

O‘z navbatida, Ozarboyjonning hukmron “Yangi Ozarboyjon” partiyasi Turkiyaning hukmron “Adolat va taraqqiyot” vakillarini Boku va Anqara o‘rtasidagi munosabatlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan bayonot va harakatlardan tiyilishga chaqirdi. Shu bilan birga, Boku Turkiya hukmron doiralarining harakatlarini Ozarboyjonning ichki ishlariga aralashuv sifatida baholamoqda.

Kiritildi: 16:12 30.10.2026. O'qildi: 1004 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!