Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ukraina va Yaqin Sharqdagi kelishmovchiliklar G20 uchrashuviga soya soldi

Ukraina va Yaqin Sharqdagi kelishmovchiliklar G20 uchrashuviga soya soldi

Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolar bo‘yicha chuqur kelishmovchiliklar AQShda 30–31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan «Katta yigirmatalik» (G20) tashqi ishlar vazirlari uchrashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Agentlik qayd etishicha, tomonlar o‘rtasidagi jiddiy qarama-qarshiliklar Atlanta shahridagi uchrashuvda qo‘shma harakatlar va bayonotlar bo‘yicha kelishuvga erishishni qiyinlashtirishi mumkin.

AQSh Davlat departamentining sobiq bosh iqtisodchisi Haydi Krebo-Redikerning ta’kidlashicha, kun tartibidagi yirik strategik masalalar bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishish odatda ham oson emas.

Uning fikricha, AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiya va Ukrainaga nisbatan so‘nggi qarorlari ham muzokaralar jarayoniga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

G20 diplomatlaridan biri esa Kanada, Meksika va Hindiston kabi ayrim davlatlar mojarolar yuzasidan ochiq qarama-qarshilikka kirishmaslikka va ortiqcha e’tiborni jalb qilmaslikka harakat qilishi mumkinligini aytdi.

Kiritildi: 19:24 30.10.2026. O'qildi: 948 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!