“Issiq-ko‘l” xalqaro aeroportida uni Qirg‘iziston bosh vaziri Adilbek Qasimaliyev kutib oldi.
Ertaga Adilbek Qasimaliyev va Abdulla Aripov hamraisligida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Qo‘shma hukumatlararo komissiyaning tor va kengaytirilgan tarkibdagi 12-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvlar doirasida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi hamda qator hujjatlar imzolanadi.