Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Aleksandr Fedin ishga olindi va unga namunali uy-joy qurib berildi

Aleksandr Fedin ishga olindi va unga namunali uy-joy qurib berildi

Butun umrini tabiatga bag‘ishlagan fidoiy inson, jonkuyar ekolog Aleksandr Fedin Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan O‘rmon agentligi huzuridagi Surxondaryo viloyati ko‘chatchilikka ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligiga ishga olindi. Shuningdek, unga namunali turar-joy qurib berildi va uyda barcha qulay sharoitlar yaratilmoqda. Bu haqda Aleksandr Fedin borasidagi so‘rovimizga javoban Ekologiya milliy qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Aleksandr Fedin ishga olindi va unga namunali uy-joy qurib berildi

Aleksandr Fedin ishga olindi va unga namunali uy-joy qurib berildi

Aleksandr Fedin ishga olindi va unga namunali uy-joy qurib berildi

Aleksandr Fedin ishga olindi va unga namunali uy-joy qurib berildi

Aleksandr Fedin ishga olindi va unga namunali uy-joy qurib berildi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Aleksandr Fedin yaratgan bog‘ hududi olib qo‘yilganligi, u ko‘chada qolganligi va salomatligi yomonlashgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Holat o‘rganilib, Fedinga zamonaviy turar-joy qurib berilishi, u qo‘mita tizimiga ishga olinishi hamda Fedin tomonidan yaratilgan bog‘ Dendrologiya bog‘iga aylantirilishi ma’lum qilindi. Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, ayni damda bu borada kerakli ishlar amalga oshirilmoqda.

Aleksandr Fedin 1989-yildan buyon cho‘l bag‘rida mehnat qilib, 84 gektarlik yashil maskan barpo etgan. Bugungi kunda ushbu maskanda 500 ga yaqin daraxt va buta turlari, noyob hayvonlar hamda "Qizil kitob"ga kiritilgan o‘simlik va jonivorlar yashaydi. Mahalliy aholi orasida "Sasha aka" nomi bilan tanilgan Fedin yillar davomida tabiatni asrash va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

Ta’kidlash joizki, Aleksandr Fedinning fidoiyligi, jonkuyarligi har qancha e’tirofga loyiq. Shuning uchun ham u Ekologiya milliy qo‘mitasi tomonidan 2023 yilda "Tabiat himoyachisi" ko‘krak nishoni, 2025 yilda esa Qo‘mita tavsiyasiga ko‘ra "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlangan. Bundan keyin ham Fedin doimiy e’tirof etib boriladi.

Ekologiya milliy qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, Fedin umrini bag‘ishlagan o‘rmonzor Dendrologiya bog‘i sifatida davlat muhofazasiga olinib, jamoatchilik uchun ochiq ekologik maskan va ilmiy tadqiqotlar olib boriladigan noyob hudud sifatida rivojlantiriladi. Shu tariqa, bir insonning 34 yillik fidoyiligi nafaqat e’tirof etildi, balki uning yaratgan yashil merosi ham kelajak avlodlar uchun asrab qolinadi.

Kiritildi: 10:07 22.07.2026. O'qildi: 1774 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!