Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Quvayt va Bahrayn ilk bor Eronga zarba berdimi?

Quvayt va Bahrayn ilk bor Eronga zarba berdimi?

The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, har ikki davlat Eronning raketa va dron omborlariga havo hujumlari uyushtirgan, BAA esa razvedka yordami hamda havo orqali qo‘llab-quvvatlashni ta’minlagan.

The Wall Street Journal xabariga ko‘ra, Quvayt va Bahrayn mojaro boshlanganidan buyon ilk bor Eron hududiga havo zarbalarini bergan. So‘nggi haftalarda aynan shu ikki davlat Eron tomonidan eng kuchli hujumlarga uchragan edi.

Xabarga ko‘ra, havo hujumlarining asosiy nishoni dronlar va raketalar saqlanadigan omborlar bo‘lgan. Gazetaning yozishicha, Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Quvayt va Bahraynga razvedka ma’lumotlari bilan yordam bergan hamda operasiya davomida havo orqali himoya va qo‘llab-quvvatlashni ta’minlagan.

Nashrning ta’kidlashicha, Quvayt va Bahraynning mojaroga qo‘shilishi uning yanada kengayganini anglatadi. Shu bilan birga, Saudiya Arabistoni va BAA avvalroq harbiy harakatlarda ishtirok etgan bo‘lsa-da, keyingi paytlarda Eron hujumlariga nisbatan kamroq duch kelgan.

The Wall Street Journal ma’lumotiga ko‘ra, BAA urushning dastlabki kunlaridayoq Eron hududiga zarbalar bera boshlagan. Nashrning qayd etishicha, Abu-Dabi harbiy jihatdan faolroq pozisiyani saqlab qolgan va Eron hududiga o‘nlab havo hujumlarini amalga oshirgan.

AQSh harbiylari ma’lumotiga ko‘ra, 25 iyul Eron hududiga ketma-ket 13 kecha davom etgan zarbalar seriyasining navbatdagi kuni bo‘lgan. Bundan tashqari, AQSh prezidenti Donald Tramp avvalroq Eronga qarshi «keng ko‘lamli hujum» uyushtirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 21:17 25.07.2026. O'qildi: 657 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!