Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh Ispaniya futbol terma jamoasidan salkam 13 mln dollar soliq talab qildi

AQSh Ispaniya futbol terma jamoasidan salkam 13 mln dollar soliq talab qildi

Fox News telekanalining xabar berishicha, Ispaniya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan keyin Qo‘shma Shtatlar rasmiylariga mukofot pulining 30 foizini to‘lashi kerak.

AQSh Ichki daromad xizmati Ispaniya Qirollik futbol federasiyasidan 12,8 mln dollardan oshiq mablag‘ talab qildi. FIFA odatda milliy assosiasiyalarni bunday to‘lovlardan ozod qilish uchun mezbon davlatlar bilan oldindan muzokara olib boradi. Biroq mahalliy qonunchilik bu safar Ispaniya terma jamoasini yakka sport jamoasi sifatida emas, balki alohida shaxslar guruhi sifatida tasnifladi.

Ispaniya 2026 yilgi Jahon chempionati finalida Argentinani 1:0 hisobida mag‘lub etib chempionlikni qo‘lga kiritgandi.

Kiritildi: 12:31 25.07.2026. O'qildi: 864 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!