Bu haqda davlat rahbari o‘ta konservativ MAGA blogeri Laura Lumerga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, keyingi yilda mamlakat 5–10 ming kilometr masofani bosib o‘tishga qodir dronlarga ega bo‘lishni mo‘ljallamoqda.
Hozirda Ukraina uchish masofasi 3 ming kilometrdan oshadigan dronlarga ega.
"Bu yil bizda to‘rt ming kilometr, kelasi yili - besh mingdan 10 minggacha bo‘ladi," - dedi Zelenskiy Ukraina va AQSh o‘rtasida dronlar bo‘yicha kelishuv imzolanishiga izoh berar ekan.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina va AQSh o‘rtasida dronlarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha keng ko‘lamli kelishuv tayyorlanmoqda. Ukraina allaqachon Qo‘shma Shtatlarga sinovdan o‘tkazish uchun dengiz, havo va uzoq masofali dronlar namunalarini taqdim etgan.