Bu haqda Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto La Republica nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
"Men unga ishdan bo‘shatilganidan keyingi kuni qo‘ng‘iroq qilib: "Qachon Rimga kelishni va men bilan birga maslahatchi sifatida ishlashni xohlaysiz?" deb so‘radim", — dedi u
Krozetto Mixail Fedorovning bunga munosabati haqidagi savolga javob berar ekan, Ukrainaning sobiq mudofaa vaziri bundan "ta’sirlangani" va taklifni "hurmat hamda do‘stlik belgisi" sifatida qabul qilganini aytdi.
Shuningdek, Krozetto Fedorovni "jang maydonidagi qoidalarni butunlay qayta yozgan insonlardan biri" deb atadi.