Bu haqda Eron Qurolli kuchlari markaziy shtabi qo‘mondoni Ali Abdullohiy ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Eron davlat teleradiokompaniyasi.
"Islom Eronining har bir o‘ldirilgan fuqarosi uchun bir amerikalik askar yo‘qlikka ravona bo‘ladi," - dedi Abdullohiy.
"Biz avval ham bu qoidaning dushmanga qarshi hayotiyligi va samaradorligini amalda isbotlaganmiz. Shu daqiqadan boshlab uni jang maydonidagi qat’iy va tasdiqlangan qoida deb e’lon qilamiz: islomiy Eronning har qanday fuqarosi halok bo‘lishiga javoban, bir nafar amerikalik harbiy o‘ldiriladi", dedi u.
Yaqin Sharqdagi mojaro 2026 yil fevral oyi oxirida AQSh va Isroilning Eron ob’ektlariga bergan zarbalaridan so‘ng keskinlashdi, bunga Tehron teskari javob qaytardi.