Bunga to‘rt nafar dengizchining raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.
Hindiston Rossiyaning muvaqqat ishlar vakilini chaqirtirib, 19 iyul kuni Qora dengizdagi quruq yukli kemaga berilgan raketa zarbasi oqibatida to‘rt nafar hindistonlik halok bo‘lganidan so‘ng "jiddiy xavotir" bildirdi, deb xabar bermoqda "Reuters".
Avvalroq, Ukraina rasmiylari Rossiya yakshanba kuni Hindiston va Suriya ekipajidan iborat Gvineya-Bisau bayrog‘i ostidagi "Golden Leo" kemasiga uchta qanotli raketa bilan zarba berganini, oqibatda ekipajning to‘qqiz a’zosi, jumladan Hindiston fuqarolari va losman halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Kema Odessadan jo‘xori yuki bilan chiqqan vaqtida o‘qqa tutilgan, deb yozdi Odessa viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Kiper.
Hindiston TIV tijorat kemalarining o‘qqa tutilishi va buning oqibatida tinch aholining halok bo‘lishi "qabul qilinib bo‘lmaydigan holat" ekanini bildirdi.
Rossiya kemaga berilgan zarba bo‘yicha izoh bermadi.