Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

O‘zbekiston Adliya vaziri Turkiya va Qirg‘izistonlik hamkasblari bilan hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston Adliya vaziri Turkiya va Qirg‘izistonlik hamkasblari bilan hamkorlikni muhokama qildi

Turkiy Davlatlar Tashkiloti (TDT) adliya vazirlari sud-huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Bu haqda Turkiya adliya vaziri o‘zining ijtimoiy tarmoq sahifasida yozdi.

Uchrashuv Istanbulda TDT adliya vazirlarining 3-yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda Ozarbayjon adliya vaziri Farid Ahmedov, Qirg‘iziston adliya vaziri Almaz Ayilchiyev va O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida mamlakatlar o‘rtasida sud-huquqiy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda tegishli muassasalar o‘rtasida axborot va tajriba almashish bo‘yicha choralar muhokama qilindi.

Kiritildi: Bugun 19:05. O'qildi: 108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!