Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Ikkalasi ham keskin savollardan qochishni afzal ko‘radi"

"Ikkalasi ham keskin savollardan qochishni afzal ko‘radi"

Lotar Matteus Yurgen Klopp va Yulian Nagelsmannning matbuot bilan muloqot uslubini solishtirdi.

«Ikki murabbiy o‘rtasidagi eng katta farq — Klopp odamlarni o‘ziga jalb qiladi, Nagelsmann esa ularni uzoqlashtiradi. Bu terma jamoa o‘yinchilari bilan munosabatda ham yaqqol ko‘rindi. Klopp doimo o‘z o‘yinchilarini himoya qiladi va shu orqali ularning ishonchini qozonadi. Nagelsmann esa o‘yindan keyin jamoasini tanqid qilish uslubi bilan ko‘plab o‘yinchilarining ishonchini yo‘qotdi.

Klopp mimikasi, kulgusi yoki ba’zida jiddiy qiyofasi bilan hissiyotlarini ko‘rsatadi. Bu odamlarga tushunarli. Nagelsmann esa savollarga doimo betaraf munosabatda bo‘ladi, go‘yoki unga bu narsalar unchalik qiziq emasdek.

Klopp Deniz Undavning terma jamoaga chaqirilmaganini ochiq tushuntirdi. U to‘g‘ridan-to‘g‘ri gapiradi. Muxlislar ham, o‘yinchilar ham bunga tushunish bilan qaray oladi. Ko‘plab muxlislarga esa Nagelsmannning muxlislar sevimlisi bo‘lgan Undav bilan munosabati yoqmadi. Klopp o‘z o‘yinchilariga hurmat ko‘rsatadi, Nagelsmann esa yo‘q.

Ikki murabbiyning intervyulardagi o‘xshash jihati ham bor: ikkalasi ham uzundan-uzoq javob beradi va keskin savollardan qochishni afzal ko‘radi».

Kiritildi: Bugun 01:30. O'qildi: 410 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!