Rossiya TIV rahbari NATOning Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin Rossiyaning Kaliningrad yoki boshqa hududiga hujum qilinsa, qanday javob qaytarilishi haqida aniq bayonot bergan. Lavrov NATO rahbariyati avvalroq Rossiyaga hujum qilish rejasi yo‘qligini aytganini ham eslatdi.
"Rossiya o‘zini G‘arb tomonidan bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan vazifalarni hal qilmoqda. Ukrainadagi mojaroni esa uning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillarni bartaraf etgan holda hal qilish kerak", — dedi vazir.