Germaniya kansleri Fridrix Mers Kiyevda turib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat qildi va Ukrainadagi mojaroni yakunlash bo‘yicha tinchlik muzokaralariga tayyor ekanini bildirdi.
🗣️ «Biz muzokaralarga tayyormiz, mojaroni yakunlash yo‘llarini muhokama qilishga tayyormiz», — dedi Mers.
Biroq u muzokaralar faqat «qurollar sukutga kelganidan keyin» boshlanishi mumkinligini ta’kidladi.
Mers va Germaniya iqtisodiyot vaziri Katerina Rayxe yakshanba kuni Kiyevga oldindan e’lon qilinmagan tashrif bilan bordi.
🇷🇺 Rossiya TIV vakili Mariya Zaxarova esa Mersning tashrifini uning pasayib borayotgan reytingi bilan bog‘ladi va kanslerni jinoyat joyiga qaytib kelayotgan qotilga qiyosladi.