O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreyaga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Tejon shahridagi “Daegeon World Cup” stadionida o‘tkazilgan bahsda mezbonlar har ikki bo‘limda bittadan gol urdi.
Hisob uchrashuvning 6-daqiqasida ochildi. Janubiy Koreya yetakchilaridan Son Xyon Min imkoniyatdan foydalanib, jamoasini oldinga olib chiqdi.
Tanaffusdan keyin mezbonlar hujumkorlikni oshirdi. 60-daqiqada O Se Xun ikkinchi golni kiritib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan vaqtda tabloda boshqa o‘zgarish bo‘lmadi.
Sofascore portali baholariga ko‘ra, Son Xyon Min 7,5 ball bilan uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi safida eng yuqori ko‘rsatkich Jahongir O‘rozovga tegishli bo‘ldi — 7,3 ball. Abbosbek Fayzullayev va Abduqodir Husanov esa 6,8 balldan oldi.
Abduvohid Ne’matov — 5,7
Abduqodir Husanov — 6,8
Behruz Karimov — 5,9
Jahongir O‘rozov — 7,3
Sherzod Nasrullayev — 5,9
Odil Hamrobekov — 6,5
Akmal Mozgovoy — 6,7
Aziz G‘aniyev — 6,6
Abbosbek Fayzullayev — 6,8
Dostonbek Hamdamov — 6,4
Eldor Shomurodov — 6,3
Jamoaviy o‘rtacha baholashda Janubiy Koreya 6,92 ball to‘plagan bo‘lsa, O‘zbekiston milliy terma jamoasining ko‘rsatkichi 6,54 ballni tashkil etdi.