Olmazor tumanida voyaga yetmagan shaxsga nisbatan zo‘ravonlik holati aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, N.M. 2025-yil 28-avgust kuni CH.B. bilan shar’iy nikohdan o‘tib, shu kundan buyon u bilan birga yashab kelgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, CH.B. voyaga yetmagan N.M.ga nisbatan zo‘rlik ishlatib jisniy extiyojlarini qondirgan va qizga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Olmazor tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 5-oktyabr kuni Olmazor tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamda tuman IIB xodimlari ishtirokida voyaga yetmagan N.M. va uning ammasi N.N. bilan suhbat o‘tkazildi.
Hozirgi vaqtda voyaga yetmagan qizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xavfsizligini ta’minlash hamda ruhiy holatini barqarorlashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.
Shuningdek, kelgusida tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olish maqsadida N.M.ga himoya orderi rasmiylashtirildi.