Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Kreml Trampning taklifiga javob qaytardi

Kreml Trampning taklifiga javob qaytardi


Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Irkutsk viloyatidagi infeksiya bilan bog‘liq vaziyat munosabati bilan AQSh prezidenti Donald Trampning Rossiyaga yordam berishga tayyorligi haqidagi bayonotiga izoh berdi.

"O‘zaro yordam taklif qilingani hamisha juda yaxshi. Biz aslida nima yuz berayotgani va ishlar qay ahvolda ekani haqida yetarlicha batafsil axborot berib borayotgan Rospotrebnadzor ma’lumotlariga tayanishni taklif qilamiz", — dedi Peskov.

Avvalroq Donald Tramp Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat kasalligi tarqalgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlarga munosabat bildirib, Vashington Moskvaga o‘z yordamini taklif etganini aytgan edi.

Gap Rossiyadagi o‘latga qarshi kurash instituti xodimining og‘ir pnevmoniya, ya’ni o‘pka yallig‘lanishidan vafot etgani haqida ketmoqda. Rossiya rasmiylari uning o‘lat bilan kasallanganini hozircha tasdiqlamagan.

Kiritildi: 21:35 06.10.2026. O'qildi: 873 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!