Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Diyora Keldiyorovaning qachon tatamiga qaytishini aytdi

Diyora Keldiyorovaning qachon tatamiga qaytishini aytdi

Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Bokuda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida ishtirok etishi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Dzyudo bo‘yicha Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. So‘nggi kunlarda Keldiyorovaning 4–11 oktyabr kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkaziladigan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalgandi. Sportchi Instagram sahifasida e’lon qilgan videomurojaatida bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

“Jahon chempionatida ishtirok etishim haqida ko‘plab xabarlar tarqalibdi. Afsuski, bularning barchasi yolg‘on ma’lumot. Agar musobaqada qatnashadigan bo‘lsam, bu Dzyudo federasiyasi yoki Xalqaro dzyudo federasiyasida ro‘yxatdan o‘tishim orqali aniq bo‘lardi”, dedi Diyora Keldiyorova.

Shuningdek, sportchi tatamiga qachon qaytishiga ham oydinlik kiritdi. Ma’lum qilinishicha, Keldiyorova 17–18 oktyabr kunlari Qozog‘istonning Aktau shahrida bo‘lib o‘tadigan “Aktau Asian Open 2026” turnirida o‘z ishtirokini boshlaydi. Sportchi mazkur musobaqada 52 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida bahslarga kirishadi.

Eslatib o‘tamiz, Diyora Keldiyorova 2024 yilgi Parij Olimpiadasidan so‘ng farzand ko‘rgani munosabati bilan sportdagi faoliyatida qisqa tanaffus qilgan edi.

Kiritildi: 23:40 06.10.2026. O'qildi: 384 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!