Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Rossiya raketa bilan Chernigov viloyatidagi besh qavatli uyga zarba berdi

Rossiya raketa bilan Chernigov viloyatidagi besh qavatli uyga zarba berdi

Chernigov viloyati ma’muriyati rahbari Vyacheslav Chausning ma’lum qilishicha, Rossiya qo‘shinlari Priluki shahridagi besh qavatli turar joy binosiga raketa bilan zarba bergan. Hujum oqibatida binoning bir qismi vayron bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lganlar va jabrlanganlar bor. Ularning aniq soni hozircha ma’lum emas. Qutqaruvchilar vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirmoqda.

Shuningdek, Poltava viloyatining Kremenchug shahridagi turar joy hududi ham o‘qqa tutilgan. Ko‘p qavatli uylarga zarar yetgan. Jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

Rossiya harbiylari Zaporoje shahridagi transport infratuzilmasi ob’ektiga ham zarba bergan. Dnepr shahrida esa sanoat korxonasi nishonga olingan.

Kiritildi: Bugun 11:30. O'qildi: 920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!