AQSh Mudofaa vazirligi nomini Urush vazirligiga o‘zgartirish haqidagi qarorni Vakillar palatasi 2027 yil uchun rekord darajadagi 1,15 trillion dollarlik mudofaa xarajatlarini ma’qullash bilan bir vaqtda qabul qildi.
Qonun loyihasida Pentagonni moliyalashtirishni 2026 yilga nisbatan taxminan 250 milliard dollarga oshirish ko‘zda tutilgan. Ajratilgan mablag‘lar, jumladan, Donald Tramp tashabbusi bilan yaratilayotgan "Oltin gumbaz" ("Golden Dome") yangi raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqishga yo‘naltirilishi mo‘ljallanmoqda.
Milliy mudofaa to‘g‘risidagi qonun loyihasi kuchga kirishi uchun hali AQSh Senati tomonidan ma’qullanishi kerak.