Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi

O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi

O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi.

Endi pedagoglarning malaka oshirish uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy kurslarda o‘qishi shart bo‘lmaydi.

Uning o‘rniga o‘qituvchilarga toifa sinovidagi natijasiga qarab, o‘zi xohlagan joyda 18 soatdan 72 soatgacha mustaqil malaka oshirish uchun kasbiy rivojlanish vaucheri beriladi. Buning uchun mablag‘ni davlat ajratadi.

Shavkat Mirziyoyev bugungi uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni haqida ham to‘xtaldi.

“Bu majlisga juda qiynalib tayyorgarlik qildik. Xuddi sizlar bilan birga yurgandek bo‘lishga harakat qildim. Bular — sizlarning og‘ir masalalaringiz. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin mana shu manfaatni joyiga qo‘ysak, o‘zgarish bo‘ladi”, — dedi Prezident.

Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim sohasidagi islohotlar va o‘qituvchi hamda murabbiylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni ma’lum qilgandi. 2026 yil 1 yanvardan 2–3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishlayotgan onalarning badal puli byudjet hisobidan qoplanadi. Prezidentning ta’kidlashicha, ayollarning mehnat qilishi oilaga qo‘shimcha daromad keltiradi va bolalarning ta’lim olishi uchun ko‘proq sharoit yaratadi.

Kiritildi: 16:15 30.09.2026. O'qildi: 846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!