Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Umraga borish 19 martdan rasman to‘xtatiladi

Umraga borish 19 martdan rasman to‘xtatiladi

Saudiya Arabistoni 2026 yilgi Haj mavsumi oldidan Umra ziyoratiga oid muhim cheklov va muddatlarni rasman e’lon qildi. Yangi tartiblarga ko‘ra, Umra amallarini bajarish uchun so‘nggi sana – 2026 yil 18 aprel etib belgilangan.

Har yili Makka va Madina shaharlariga millionlab ziyoratchilar tashrif buyuradi. Ammo Haj mavsumi yaqinlashgan sari Saudiya hukumati muqaddas shaharlarni katta hajmdagi ziyoratchilarni qabul qilishga tayyorlash maqsadida Umra vizalarini vaqtincha to‘xtatadi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Umra vizasiga ariza berishning so‘nggi kuni – joriy yil 19 mart, Saudiya Arabistoniga kirishning so‘nggi kuni – 2 aprel, mamlakatni tark etishning so‘nggi kuni esa – 18 aprel etib belgilangan.

Belgilangan muddatlar o‘zgartirilmaydi. Ziyoratchilar Umra amallarini o‘z vaqtida yakunlab, Haram hududini tark etishlari shart.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, Umra ziyoratining to‘xtatilishi logistika va xavfsizlik nuqtai nazaridan zarur. Haj paytida ikki milliondan ortiq ziyoratchi kelishi kutilmoqda. Shu bois xavfsizlik choralari kuchaytiriladi, tibbiy xizmatlar kengaytiriladi hamda mehmonxonalar va transport tizimi Haj ziyoratchilari uchun qayta tashkil etiladi.

Bu tartib muqaddas masjidlarda ortiqcha tirbandlikning oldini olishga ham xizmat qiladi.

Cheklovlar Haj oldidan Umra rejalashtirgan ziyoratchilar, xalqaro sayohat agentliklari, Makka va Madinadagi mehmonxona va transport sohasi vakillari hamda mahalliy fuqarolar va xorijiy rezidentlarga ta’sir ko‘rsatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Haj mavsumi yakunlangach, taxminan 2026 yil 11 iyun atrofida Umra qayta yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:55. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!