Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya urushni to‘xtatish uchun NATO va G‘arb davlatlariga yangi shartlar qo‘ydi

Rossiya urushni to‘xtatish uchun NATO va G‘arb davlatlariga yangi shartlar qo‘ydi

Ukrainadagi urushni tugatish bo‘yicha muzokaralarda Rossiya Yevropa xavfsizlik tizimini jiddiy o‘zgartirishga qaratilgan shartlarni ilgari surgan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Moskva o‘t ochishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqish evaziga NATOdan Sharqiy Yevropa va Boltiqbo‘yi davlatlaridagi harbiy kuchlarini olib chiqishni talab qilmoqda.

Rossiya tomonining yana bir sharti Finlyandiyaning NATO a’zoligidan chiqishi bilan bog‘liq. Shuningdek, Buyuk Britaniya o‘z yadroviy salohiyatidan Yevropadagi ittifoqchilarini himoya qilish uchun foydalanmasligi kerakligi aytilgan.

Ukraina masalasida ham Moskva o‘z pozisiyasini saqlab qolmoqda. Xususan, Kiyevga G‘arb qurol-yarog‘lari yetkazib berilishini to‘xtatish, mamlakatning NATOga a’zo bo‘lishidan voz kechishi va Ukraina hududiga xorijiy qo‘shinlar joylashtirilmasligi talab qilinmoqda.

Nashrga ko‘ra, Rossiya ushbu shartlar bajarilgan taqdirdagina o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni muhokama qilishga tayyor.

Biroq Yevropa davlatlari Moskvaning talablariga e’tiroz bildirmoqda. Jumladan, Finlyandiya o‘zining NATOdagi a’zoligi muzokara mavzusi bo‘la olmasligini ma’lum qildi.

Hozircha Rossiya ilgari surgan shartlar yuzasidan tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan.

Kiritildi: 15:41 15.11.2026. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik