Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari oqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari oqlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan marhum shaxs mansab vakolati doirasidan chetga chiqib, Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xodimlarini o‘zining ikki qavatli uyi qurilishiga jalb qilganlikda ayblangan.

Biroq, sudda jabrlanuvchi deb topilgan shaxslar qurilish ishlariga o‘z xohishi bilan borgani, marhum tomonidan ularga nisbatan bosim o‘tkazilmagani va zarar yetkazilmaganini bildirgan. Shuningdek, ayblovni tasdiqlovchi ishonchli dalillar ham to‘planmagan.

Natijada, 2026 yil 7 oktyabr kuni Nukus shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi marhum shaxsni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi 2-qismi «v» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etmagan deb topib, oqlov hukmi chiqardi.

Kiritildi: Bugun 00:22. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik