Noma’lum snaryad Ummon qirg‘oqlari yaqinida yuk kemasiga urildi.
Qirollik dengiz flotining Dengiz savdo operasiyalari markazi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea Al-Xasab shahrining shimoli-sharqida sodir bo‘lgan.
"Qirollik dengiz flotining Dengiz savdo operasiyalari markazi Ummonning Xasab shahridan 20 dengiz milya (taxminan 37 km) shimoli-sharqda sodir bo‘lgan voqea haqida xabar oldi. Yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urilgani haqida xabar berilgan", deyiladi bayonotda.
Hodisaning holatlari va tafsilotlari hozirda tekshirilmoqda.