Polshaning Wprost jurnali muqovasining yangi talqinida ukrainaliklar endi "taklif etilgan mehmonlar" emas, balki "me’daga tekkanlar" sifatida tasvirlangan.
Chapda — yangi muqova, o‘ngda esa 2022 yil mart oyida chop etilgan muqova.
CBOSning 17 iyulda e’lon qilingan so‘roviga ko‘ra, maxsus harbiy operasiya boshlanganidan beri ilk bor polyaklarning aksariyati (52%) Ukrainadan kelgan qochqinlarni qabul qilishga qarshi chiqqan.
Shuningdek, so‘rov ishtirokchilarining 54% ukrainalik qochqinlarga ko‘rsatilayotgan yordam haddan tashqari katta, deb hisoblaydi.