Ukraina harbiy Mi-8 vertolyoti Poltava viloyatida dronlarni tutish paytida halokatga uchradi.
Bu haqda UNIAN nashri Ukrainaning Lvov viloyati Brodi shahar kengashiga tayanib xabar berdi.
"2026 yil 30 iyunda Mi-8 vertolyoti ekipaji dushmanning uchuvchisiz uchish apparatlarini to‘xtatiish bo‘yicha jangovar vazifani bajarayotganda halok bo‘ldi", deyiladi bayonotda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida kapitan Yuriy Voron, mayor Valentin Mukshinov, katta leytenant Bogdan Xmel va kichik serjant Mixaylo Deryaga kabi barcha ekipaj a’zolari halok bo‘lgan.
Rossiya xavfsizlik idoralari TASS agentligiga Ukraina Qurolli Kuchlarining 16-alohida armiya aviasiya brigadasi vertolyot eskadronining shturman-uchuvchisi Valentin Mukshinov Poltava viloyatida Geran hujumkor dronlari yordamida halok bo‘lganini ma’lum qilishdi.