Ma’lum qilinishicha, gap 40 million AQSh dollari, 35 million yevro hamda 9 kilogramm oltin haqida bormoqda. Ushbu mablag‘lar “Oshadbank” inkassatorlari Vengriya hududi orqali harakatlanayotgan paytda mamlakat tomonidan olib qo‘yilgan.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Vengriya rasmiylarini inkassatorlarni talon-toroj qilishda va kuppa-kunduz kuni pul va oltinni o‘g‘irlashda aybladi. Vazir Yevropa davlatlarini "misli ko‘rilmagan davlat banditizmi va reketini qoralashga" chaqirdi.
Avvalroq, 5 mart kuni Vengriya hukumati “Oshadbank”ning yetti nafar inkassatorini qo‘lga olgan edi. Vengriya rasmiylari ular “Ukraina harbiy mafiyasining pullarini olib ketayotgan bo‘lishi mumkin” degan taxminni bildirgan. Oradan ko‘p o‘tmay inkassatorlar ozod qilingan.