Bugun 5 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ukraina uchun mo‘ljallangan o‘q-dorilar foydalanishga yaroqsiz deb topildi

Ukraina uchun mo‘ljallangan o‘q-dorilar foydalanishga yaroqsiz deb topildi

Estoniya Yevropa Ittifoqi mablag‘lari hisobidan Ukraina uchun sotib olgan o‘q-dorilar sifatsiz va foydalanishga yaroqsiz bo‘lib chiqqan.

Bu haqda Britaniyaning The Telegraph nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, qiymati 70 million yevro bo‘lgan shartnoma avval o‘q-dori ishlab chiqarish tajribasiga ega bo‘lmagan kompaniya bilan tuzilgan.

Nashrning ta’kidlashicha, natijada xarid qilingan o‘q-dorilarning birortasi ham Ukraina Qurolli kuchlariga yetkazib berilmagan.

Kiritildi: 23:42 04.09.2026. O'qildi: 1086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!