Bugun 31 oktyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Ukraina Rossiya neft zavodlariga hujumlarni noyabrgacha to‘xtatishi mumkin

Ukraina Rossiya neft zavodlariga hujumlarni noyabrgacha to‘xtatishi mumkin

Ukraina AQSh prezidenti Donald Trampning bosimi ortidan Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarbalarni vaqtincha to‘xtatgani aytilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Kiyev oktyabr oyi o‘rtalarida uzoq masofali hujumlarni amalga oshiruvchi harbiy bo‘linmalarga amaldagi operasiyalar yakunlangach, Rossiya neft zavodlariga zarba berishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Norasmiy tanaffus o‘tgan hafta boshida, Vashington va Kiyev munosabatlari keskinlashgan davrda boshlangan. U AQShdagi oraliq saylovlar yakunlanguniga qadar, ehtimol, noyabr oyida ham davom etishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp ma’muriyati Ukrainadan Rossiyaning energetika ob’ektlariga hujumlarni cheklashni bir necha bor talab qilgan.

Biroq Kiyev hujumlar to‘xtatilganini rasman e’lon qilmagan. Reuters ham ushbu ma’lumotlarni mustaqil tasdiqlay olmaganini bildirdi.

Kiritildi: 14:47 30.10.2026. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!