Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina dronlari Tataristondagi Wildberries va Ozon omborlariga hujum qildi

Ukraina dronlari Tataristondagi Wildberries va Ozon omborlariga hujum qildi

Tataristonning Zelenodolsk shahridagi Wildberries omboriga qilingan hujum haqida Ukraina Telegram kanallari, shuningdek, guvohlarning foto va videolarini o‘rgangan Astra Telegram kanali xabar berdi.

Bundan tashqari, Ukraina Telegram kanallari Zelenodolskdagi Ozon marketpleysi ombori yaqinida sodir bo‘lgani aytilayotgan dron portlashi aks etgan videoni e’lon qildi.

Wildberries matbuot xizmati kompaniyaning Zelenodolskdagi ombor majmuasi odatiy rejimda ishlayotganini ma’lum qildi. Xabarda hujum haqida hech narsa deyilmagan.

Ozon matbuot xizmati TASS agentligiga Zelenodolskdagi logistika majmuasi va mahsulotlarga zarar yetmagani, xodimlar evakuasiya qilinganidan so‘ng ombor o‘z faoliyatini qayta tiklaganini bildirdi.

Kiritildi: 13:01 31.07.2026. O'qildi: 1224 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!