Venesuela zilzilasini bartaraf etish ishlarida ishtirok etgan Turkiya Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarni boshqarish boshqarmasi (AFAD) xodimlari Venesuela Qahramonlik ordeni (Orden Libertadores y Libertadoras de Venezuela) bilan taqdirlandilar.
Bu haqda AFAD boshqarmasi bayonotida e’lon qilindi.
"Prezidentimiz Rajab Toyyib Erdog‘anning ko‘rsatmalariga muvofiq, 2026 yil 25 iyundagi zilzilalardan so‘ng Venesuyelaga yetib kelgan va do‘stona Venesuela xalqiga bir necha kun davomida uzluksiz yordam ko‘rsatgan turk qidiruv-qutqaruv guruhlari Venesuela Qahramonlik ordeni bilan taqdirlandilar", deyiladi bayonotda.
Venesuela Bolivar Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Delsi Rodriges qutqaruv guruhiga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘anga yo‘llangan minnatdorchilik xatini topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, 25 iyun kechasi Venesuela shimolida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Keyinchalik AQSh Geologik xizmati 40 soniya oralig‘ida sodir bo‘lgan yana ikkita 7,2 va 7,5 magnitudali zilzila haqida xabar berdi. Tabiiy ofat 2954 kishining hayotiga zomin bo‘ldi va 16 592 kishi jarohat oldi.