Turkiya xavfsizlik kuchlari 17 000 dan ortiq fuqaroni 757 million liradan (16 million dollar) ortiq miqdorda aldagan firibgarlik guruhini hibsga oldi. Bu haqda Kayseri viloyat polisiya boshqarmasi xabar bermoqda.
"Kiberjinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi xodimlari jami 17 156 fuqaroni aldagan 53 nafar gumondorni aniqladilar, ularning tranzaksiya hajmi 757 million liradan oshdi. Faqat Kayseri viloyatida 204 nafar fuqaro aldangan. Gumondorlar internet-xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarning haqiqiy veb-saytlariga o‘xshash veb-saytlar yaratdilar", deyiladi bayonotda.
Olti viloyatda o‘tkazilgan operasiya natijasida 53 nafar gumondor qo‘lga olindi, ulardan 31 nafari allaqachon hibsga olingan.