Nansen tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, TRUMP memkoiniga sarmoya kiritgan deyarli bir million xaridor moliyaviy zarar ko‘rgan bo‘lib, ularning umumiy yo‘qotishlari 3,81 milliard dollarni tashkil etgan.
The New York Times nashrining xabar berishicha, AQSh prezidentining o‘zi esa ushbu va oilasiga tegishli boshqa kriptoloyihalar orqali 1 milliard dollardan ortiq daromad olgan.