Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Trampning yaqin maslahatchilari orasida Netanyaxuning so‘nggi harakatlaridan norozilik kuchaymoqda

Trampning yaqin maslahatchilari orasida Netanyaxuning so‘nggi harakatlaridan norozilik kuchaymoqda


Bu haqda amerikalik rasmiy manbalariga tayanib Axios portali bermoqda.

"Trampning eng yaqin maslahatchilarining aksariyati Bibi (Binyamin Netanyahu) deyarli barcha masalalarda noto‘g‘ri yo‘l tutgan, deb hisoblamoqda", — dedi manba.

Qayd etilishicha, so‘nggi bir necha oy ichida AQSh prezidenti atrofidagi shaxslar Isroil bosh vaziriga nisbatan tobora ko‘proq shubha bilan qaray boshlagan va undan ko‘ngli qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, telefon orqali o‘tgan suhbatlardan birida Tramp Isroilning Livandagi harakatlarini keskin tanqid qilib, “Nega sizlar binolarni portlatishni davom ettiryapsizlar?”, deya unga savol bergan.

Nashrning boshqa manbalari esa Tramp Netanyaxuni “boshqarib bo‘lmaydigan siyosatchi” deb ataganini bildirgan. Ularga ko‘ra, AQSh prezidenti Isroil bosh vaziri “hammani bombardimon qilishni istaydi”, deb hisoblagan hamda Netanyaxuning harbiy harakatlarni yanada kuchaytirish haqidagi doimiy talablaridan charchaganini aytgan.

Kiritildi: 23:27 05.07.2026. O'qildi: 1108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!