Bugun 2 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Trampning Floridadagi qarorgohi atrofiga zenit-raketa tizimlari o‘rnatildi

Trampning Floridadagi qarorgohi atrofiga zenit-raketa tizimlari o‘rnatildi

AQSh prezidenti Donald Trampning Florida shtatidagi «Mar-a-Lago» qarorgohi atrofida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Hudud yaqiniga ikkita «Avenger» zenit-raketa kompleksi joylashtirilgan. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

AQSh Maxfiy xizmati prezident xavfsizligiga nisbatan tahdidlar darajasi yuqoriligini ma’lum qildi.

«Biz yuqori darajadagi tahdidlar sharoitida ishlayapmiz. Himoya qilinadigan shaxslar xavfsizligini ta’minlash uchun zamonaviy qurollar, texnologiyalar va usullardan foydalanib, choralarimizni doimiy takomillashtirmoqdamiz», — dedi idora vakili.

Shu hafta Trampning Ayova va Kanzas shtatlarida rejalashtirilgan saylovoldi mitinglari dastlab bekor qilinib, ularning o‘rniga masofaviy tadbirlar o‘tkazilishi bildirilgan edi. Biroq 30 oktyabr kuni prezidentning ushbu shtatlarga tashrifi qayta rejalashtirildi.

Maxfiy xizmat Tramp qarorgohga kelgan vaqtlarda uning atrofidagi havo hududida cheklovlar joriy etmoqda. Shuningdek, xavfsizlikka oid tahdidlar sababli ushbu cheklovlarni doimiylashtirish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda.

Hozircha raketa komplekslari joylashtirilishiga sabab bo‘lgan aniq tahdidlar tafsiloti oshkor etilmagan.

Kiritildi: 23:55 31.10.2026. O'qildi: 629 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!