Bugun 1 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Hindistonda etnik to‘qnashuvlar oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Hindistonda etnik to‘qnashuvlar oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Hindistonning shimoli-sharqida joylashgan Manipur shtatida mahalliy aholi o‘rtasida etnik zaminda yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda mahalliy polisiya bugungi bayonotida ma’lum qildi.

«Ikkita alohida hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Shanba kuni Noni tumanida Kuki qabilasiga mansub uch nafar erkak noma’lum qurolli guruhlar o‘rtasidagi otishmada o‘ldirildi.

Shu hafta boshida bedarak yo‘qolgan shu jamoaga mansub yana ikki nafar erkakning jasadi yakshanba kuni ertalab qidiruv operasiyasi davomida Kangpokpi tumanida topildi», — deyiladi bayonotda.

Kuki qabilasi vakillari qotilliklarda naga separatist guruhlarini ayblab, bu hodisani «o‘z ona yurtlarida ularga qarshi amalga oshirilgan ochiqdan-ochiq va hech qanday sababsiz hujum» deb atadi.

Qotilliklar Manipur shtati poytaxti Impxal va boshqa hududlarda yuz minglab kishi ishtirok etgan ommaviy norozilik namoyishlari fonida sodir bo‘ldi. Namoyishchilar kuki qurolli guruhlari va Hindiston hukumati o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvni bekor qilishni talab qilgan.

Asosan xristian diniga e’tiqod qiluvchi kuki va naga qabilalari Hindistonning olis shimoli-sharqiy hududidagi etnik yerlarga egalik qilish borasida uzoq yillik nizolar tarixiga ega.

Kiritildi: Bugun 17:10. O'qildi: 312 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!